#Dolzarb_90_kun
Dolzarb 90 kun - 90 imkoniyat
☀️Yoshlarning yozgi taʼtil kunlarini mazmunli oʻtkazish maqsadida Prezidentimiz tashabbusi bilan tashkil etilgan "DOLZARB 90 KUN" loyihasi Quvasoy shahrining barcha mahallalarida oʻtkazilmoqda.
⚽️ Quvasoy shahar "Hamdo‘stlik" mahallasida har kuni boʻlib oʻtayotgan sport musobaqalari yoshlarga manzur boʻlmoqda desak mubolagʻa boʻlmaydi. Mahallada koʻchalar kesimida, undan soʻng yillar kesimida musobaqalar boʻlib nihoyasiga yetdi. Endi navbat mehmon mahallalarga.
🏆Xususan joriy yil 27-, 28-, 29-iyun kunlari Quvasoy shahridan 18 ta mahallalardan 1000 taga yaqin yoshlar ushbu musobaqaga oʻyinchi va tomoshabin sifatida jalb qilindi.
⚽️Qizgʻin kechgan bahsda "Hamdo’stlik" mahallasi yoshlari gʻoliblikni qoʻlga kiritib, homiylar tomondan kubok, medal hamda esdalik sovgʻalarga ega boʻldilar.
Bu kabi tadbirlar davom etmoqda…