Besh tashabbus olimpiadasi doirasida o‘tkazilgan yengil atletika musoboqasining Respublika bosqichida tumanimizdagi Xo‘jaqishloq MFY 16–21 yosh toifasidagi yigitlar jamoasi katta shijoat va jamoaviy ruh bilan ishtirok etib, faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Ushbu yutuq evaziga jamoa mahalla Yoshlari uchun Streyet Workaut maydonchasi yutib olishdi. Gʻalaba va zamonaviy maydoncha muborak bo‘lsin, aziz yoshlar, zafarlar bardavom bo‘lsin.