Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...
2472025-07-15 21:40

“Bir yurak — bir jamiyat”: Quvasoyda mehr va birlik kechasi

http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2094354150883390.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2094354150885780.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2094354150897730.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2094354150900120.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2094354150904900.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2094354150909680.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2094354150912070.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2094354150916850.jpg
“Bir yurak — bir jamiyat”: Quvasoyda mehr va birlik kechasi 🎤Quvasoy shahrida “Bir yurak — bir jamiyat” shiori ostida navbatdagi ma’naviy-ma’rifiy va madaniy tadbir yuqori saviyada o‘tkazildi. Tadbirning asosiy maqsadi — mahallalarda ahillik va birdamlikni mustahkamlash, aholining ma’naviy ongini yuksaltirish, yoshlarni ezgulik va mehr-oqibat ruhida tarbiyalashdan iborat bo‘ldi. 📍“H.Olimjon” mahalla fuqarolar yig‘inida tashkil etilgan ushbu tadbirda nuroniylar, yoshlar, keng jamoatchilik vakillari, ijodkorlar va san’atkorlar faol ishtirok etdi. Dastur davomida elimiz suygan san'atkorlar ijrosidagi milliy qo‘shiqlar, raqslar, sahna ko‘rinishlari, kitoblar va milliy taomlar ko‘rgazmasi hamda qiziqarli viktorinalar barchaga bayramona kayfiyat ulashdi. ➡️“Bir yurak — bir jamiyat” shiori xalqimizning azaldan mavjud birdamlik va hamjihatlik an’analarini ifoda etadi. Mazkur madaniy tadbir har bir yurakni bir maqsad yo‘lida birlashtirishga, mehr va birlikni kuchaytirishga, do‘stlik va oqibatni mustahkamlashga, yoshlarni ezgu ishlarga undashga xizmat qildi. ✅Ushbu ma’naviy-ma’rifiy kecha shahar hokimligi, ma’naviyat va ma’rifat markazi, mahallalar uyushmasi, yoshlar ishlari agentligi hamda madaniyat xodimlarining hamkorlikda amalga oshirilgan tashabbusi sifatida o‘zining ahamiyatini namoyon etdi. 📸Mahalliy aholining iliq taassurotlari, suratlar va jonli videolar orqali ushbu tadbirni ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritish, uning g‘oyasini boshqalar bilan ulashish — barchamizning birgalikdagi vazifamizdir.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz