Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...
912025-07-29 19:50

Kibersport bo‘yicha "Soliq inspeksiyasi boshlig‘i kubogi" musobaqasi o'tkazildi

http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2095791724542840.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2095791724545230.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2095791724546425.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2095791724548815.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2095791724551205.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2095791724552400.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2095791724552400.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2095791724553595.jpg
#Dolzarb_90_kun Yozgi ta'til vaqtida umumta'lim maktablari o'quvchilari, talabalar hamda mahalladagi yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida Quvasoy shahar soliq inspeksiyasi tomonidan kibersport bo‘yicha "Soliq inspeksiyasi boshlig‘i kubogi" o‘tkazildi. Ayni kunlarda mazkur musobaqaning shahar va tuman bosqichlari bo‘lib o‘tmoqda. Unda yoshlar keng ommalashgan zamonaviy intellektual-kompyuter o‘yinlari – "Counter-Strike" va "Dota" yo‘nalishlarida bahslashmoqdalar. Musobaqaning asosiy maqsadi – yoshlar o‘rtasida zamonaviy texnologiyalardan ongli va samarali foydalanish madaniyatini shakllantirish, ularning mantiqiy fikrlash, strategik qaror qabul qilish va jamoada ishlash ko‘nikmalarini mustahkamlash, shuningdek, sog‘lom raqobat muhitini yaratishdan iboratdir. G‘oliblar mutasaddilar tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadilar hamda viloyat bosqichi uchun yo‘llanmani qo‘lga kiritadilar.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz