Quvasoy shahrida elektr tarmoqlari infratuzilmasi yangilanmoqda
Quvasoy shahrida elektr ta’minotini yanada barqarorlashtirish va aholiga sifatli xizmat ko‘rsatish maqsadida keng ko‘lamli infratuzilma ishlari amalga oshirilmoqda.
Xususan, “Sufon” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida yangi temir-beton tayanchlarini o‘rnatish ishlari boshlab yuborildi.
Ushbu loyiha doirasida eskirgan yog‘och ustunlar zamonaviy, mustahkam beton tayanchlar bilan almashtirilmoqda. Bu nafaqat elektr uzatish tarmoqlarining barqaror ishlashini ta’minlaydi, balki xavfsizlikni ham oshiradi.
Loyiha Quvasoy shahar elektr ta’minoti korxonasi tomonidan bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Yangi tayanchlar orqali nafaqat mahallaning, balki unga yaqin joylashgan hududlar ham uzluksiz va barqaror elektr ta’minoti bilan ta’minlaydi.